Olmazor tumanida joylashgan savdo markazi auksionga qoʻyildi. Lot 2015-yilda qurilgan, avval savdo markazi sifatida foydalanilgan boʻlib, yerto‘la, 5 qavat bino va 5 ta zaldan iborat.

Binoning umumiy maydoni 3814 kv. metrni tashkil etadi. Elektr, suv va kanalizatsiyaga ega. Gaz taʼminoti mavjud emas.

Lotning boshlangʻich narxi 17 milliard soʻm boʻlib, arizalar shu yilning 26-iyuniga qadar qabul qilinadi. Savdolar esa 28-iyun kuni boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

Auksionda ishtirok etish niyatidagi shaxslar batafsil maʼlumotni ushbu havoladan olishlari mumkin.

Avvalroq Spot, Boʻstonliq tumanidagi “Farovon” milliy taomlar choyxonasi auksionga qo‘ylganligi haqida xabar bergan edi.