“mGov Kashkadarya” tanlovi doirasida mobil dasturlash bo‘yicha amaliy vorkshop o’tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Joriy yilning 19-iyun kuni “mGov Kashkadarya” tanlovi doirasida mobil dasturlash bo‘yicha amaliy vorkshop bo‘lib o‘tadi. Vorkshopni Senior-dasturchi Sardor Islomov olib boradi.

Vorkshop mavzusi — “Mobil dasturlashga kirish”.

Sardor mobil dasturlashni nimadan boshlash kerakligi, nimalarga ahamiyat berish, dasturlashda krossplatformali tizimlarni qanday qilib ishlatish, #userexperience'dan foydalangan holda dasturlarni ishlab chiqishda to‘g‘ri yondashuvni tanlash haqida so‘zlab beradi.

Spiker haqida qisqacha:

Sardor Islomov 5 yillik tajribaga ega bo‘lgan Senior-dasturchi. U veb va mobil dasturlash sohalari bilan shugʻullanadi. Ayni damda “StringFlix” kompaniyasida Senior-dasturchi sifatida faoliyat koʻrsatadi.

Vaqt: 11:00 Tadbir tili: o‘zbek Ro‘yxatdan o‘tish bu yerda. Batafsil quyidagihavola orqali.