“Yuventus” va Portugaliya termasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Instagramda dunyodagi eng mashhur odamga aylandi.

Futbolchiga ayni paytda 300 milliondan ortiq kishi obuna boʻlgan. Portugaliyalik tarixda bunday koʻrsatkichlarga erishgan birinchi odam boʻldi.


Instagramda Ronaldudan keyin aktyor va sobiq kurashchi Dueyn Jonson (246 million obunachi), amerikalik qoʻshiqchi Ariana Grande (244 million) va model Kayli Jenner (241 million) eng ommabop akkauntlar sifatida qayd etilgan.

Futbolchilar orasida esa ikkinchi pogʻonani “Barselona” yulduzi Lionel Messi band etgan, unda 219 million obunachi bor.

Ronaldu Instagramda 250 millionlik koʻrsatkichni bu yil yanvar oyida qayd etgandi. Oradan olti oydan kamroq vaqt oʻtib yana 50 million kishi unga obuna boʻlgan.