Joriy yilning 1-sentyabrdan Rossiya Federatsiyasiga kirish MDH mamlakatlarining barcha fuqarolari uchun faqat “COVID-19siz sayohat qil” (Путешествуй без COVID-19) ilovasi orqali kirish mumkin boʻladi.

Dastlab, MDH Iqtisodiy kengashi yigʻilishida Rossiya Federatsiyasi Bosh vazir oʻrinbosari Aleksey Overchuk 1-iyuldan “COVID-19siz sayohat qil” ilovasi orqali kirish Yevroosiyo iqtisodiy kengashiga aʼzo mamlakatlar uchun, joriy yilning 1-sentyabridan esa Rossiya ushbu tartibni MDH mamlakatlari uchun ham joriy etilishini aytdi.

Yevroosiyo iqtisodiy kengashiga aʼzo mamlakatlar fuqarolari uchun mazkur ilova joriy yil fevral oyida ishga tushirilgan edi. U iOS va Android operatsiya tizimlari uchun ham ochiq boʻladi.

Mazkur platforma yordamida koronavirusga test oʻtkazish uchun klinika tanlash va tahlil natijalarini olish mumkin. Ular havolada saqlanadi va aks etadi.

Ilova Yevroosiyo iqtisodiy kengashiga aʼzo mamlakatlari oʻrtasida sayohatga chiqish oldidan koronavirusga tahlil topshirish uchun yaqin eng yaqin laboratoriyani topish imkonini ham beradi. Bunda chegarani kesib oʻtish paytida nazoratchiga tahlil natijasi boʻyicha QR-kodni koʻrsatish zarur.