“Davletov” telegram kanalining yozishicha, Mercer konsalting guruhi tomonidan xorijliklar uchun yashash qimmat shaharlar Cost of Living 2021 reytingi tuzib chiqildi.

Unda Toshkent eng quyi pogʻonalardan birini egallab, 209 shahar ichida 203-pogʻonani qayd etdi. Bu eng arzon shaharlar ichida 7-oʻrin degani.

Reytingga koʻra, xorijliklar uchun eng qimmat shahar sifatida Turkmaniston poytaxti Ashxobod koʻrsatib oʻtilgan. Hongkong, Bayrut, Tokio va Syurix qimmat shaharlar top-5 ligidan joy olgan.

Bishkek, Lusaka, Tbilisi shaharlari esa eng arzon uch shahar sifatida qayd qilingan, deyilgan xabarda.