Respublikamiz bo‘ylab banklararo to‘lov tizimi orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalar summasi 911 trln. so‘mni tashkil etib, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 60 foizga oshgan. Bu haqda markaziy bank matbuot kotibi telgram kanalida xabar beriladi.

Hozirga vaqtga kelib muomaladagi bank kartalari soni 23,8 mln dan ortiqroqni tashkil etadi.

Masofaviy bank xizmatlaridan foydalanuvchilar soni 16 mlndan oshib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,8 mln. ko‘proq mijozlar bank xizmatlaridan masofaviy foydalana boshladi.

O‘rnatilgan bankomat va infokiosklar soni esa 12 217 tani tashkil etib, o‘tgan yilning 1 iyun holatiga nisbatan 1 370 taga yoki 13 foizga oshgan.