“Россельхознадзор” Farg’ona viloyatining 15 ta korxonasiga pomidor va qalampir yetkazib berish uchun ruxsatnoma berdi. Bu haqida Rossiya federal xizmat saytida ma’lumot beriladi.

Ruxsat berilgan korxonalar Farg’ona viloyatida faoliyat ko’rsatadi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O’simliklar karantini davlat inspeksiyasidan yuqorida sanab o’tilgan viloyatlarning 15 ta korxonasida pomidor jigarrang qo’pol mevali virusidan (ToBRFV) holi ekanligi sababli, “Россельхознадзор” 2021- yil 22 -iyunda respublikaning vakolatli bo’limi kafolati bilan pomidor va qalampirni yetkazib berishga ruxsat beriladi.

Bu mahsulotlarga ta’qiq o’tgan yilning noyabr oyida qo’yilgan edi. Avvalroq Spot, Qashqadaryo, Navoiy va Farg’ona viloyatidagi 17 ta korxonaga ruxsat berilgani haqida xabar bergan edi.