Turkiya hukumati delegatsiyasining Oʻzbekistonga tashrifi doirasida Toshkent shahrida Oʻzbekiston — Turkiya biznes-forumi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Investitsiya va tashqi savdo vazirligi ma’lum qilgan.

Forum doirasida turk kompaniyalari bilan kelgusida birgalikda roʻyobga chiqarish uchun energetika, turizm, yengil sanoat, qishloq xoʻjaligi, qurilish materiallari ishlab chiqarish, farmatsevtika, kimyo sanoati va boshqa qator yoʻnalishlardagi istiqbolli loyihalar taqdim qilingan.

Forum yakunlari boʻyicha umumiy qiymati $679 millionga teng boʻlgan 25ta hujjat, jumladan, umumiy qiymati $514,7 millionga teng boʻlgan 10 ta investitsiya loyihasi hamda $165,2 millionlik 15 ta savdo shartnomasi imzolangan.

Avvalroq Spot, Turkiya kapitali ishtirokidagi yangi ochilgan korxonlar soni haqida xabar bergan edi.