DSQ tomonidan soliq hisobotlarini to‘g‘ri shakllantirish va avariya holatida yo‘qotilgan cheklarni muvofiqlashtirish maqsadida soliq to‘lovchining (my.soliq.uz) shaxsiy kabinetida “Chekni tiklash” imkoniyati yaratildi.

Avvalroq, 2021-yil aprel oyidan boshlab onlayn-NKM va virtual kassalardan qabul qilingan onlayn chek ma’lumotlari asosida aylanma solig‘i va QQS hisobotlaridagi ma’lumotlarini avtomatik shakllantirish mexanizmi joriy qilindi.

Shu bilan birga onlayn-NKM va virtual kassa chek ma’lumotlari, mahsulot va xizmatlarning idintifikatsiya kodlari orqali QQS hisobotida Aksiz solig‘ining QQS summasi avtomatik hisoblanishi ishlab chiqildi.

Onlayn-NKM yoki virtual kassa orqali oflayn rejimda chop qilingan chek va fiskal ma’lumotlar operatori (FMO)ga yuborilmagan cheklar, onlayn-NKM yoki virtual kassada avariya (nosoz holga kelgan, singan, kuygan) holatda chek fayllari yo‘qoltilgan taqdirda, onlayn-NKM yoki virtual kassa chekining umumiy to‘lov qilingan summasi va QQS summasini yuboradi.

Bunday holatda chekning batafsil ma’lumotlari FMOning ma’lumotlar bazasida shakllanmaydi va hisobotlarda aks etmaydi.

Xizmatdan foydalanishning ko’rsatmalarini quyidagi havola orqali bilish mumkin.