2021-yilning 1-iyulidan “Uzbekistan Airways” AJ Aloqa markazi yoʻlovchilar uchun 24 soatlik ish faoliyatiga oʻtdi. Bu haqda kompaniyaning matbuot xizmati maʼlum qilgan.

Endilikda fuqarolar +998 78 140 02 00 raqamiga qoʻngʻiroq qilib, markaz mutaxassislari bilan kunning istalgan vaqtida bogʻlanishlari; haftada 7 kun, shu jumladan bayram kunlari ham kerakli maʼlumotlarni olishlari mumkin.

Avvalroq Spot, “Urganch-Istanbul-Urganch” yoʻnalishi boʻyicha aviaqatnov tiklanganligi haqida xabar bergan edi.