Ko’chmas mulk bozori iqtisodiyotdagi narxlar holatini aks ettiruvchi iqtisodiy faollik indikatori va talab birlashmasining qo’shimcha manbasi hisoblanadi.

Shu munosabat bilan inflyatsiya va narxlar dinamikasining asosiy omillarini o’rganish doirasida O’zbekistonda ko’chmas mulk bozorini muntazam ravishda tadqiq etish zarurati ortadi.

Kuzatishlarga asoslanib, joriy yilning aprel oyidan iyun oyigacha O’zbekistondagi ko’chmas mulk bo’yicha tuzilgan shartnomalar soni 38 foizga oshgan. Ularning uchdan bir qismi Toshkent shahri hududiga to’g’ri keladi.



Manba: e-notarius.uz — Adliya vazirligining “Elektron notarius” rasmiy sayti.

Shu bilan birga, ikkilamchi bozorda ham narxlar o’sgani kuzatilmoqda. Ikkinchi chorak uchun qilingan hisob-kitoblar birinchi chorakka nisbatan 5,72 foiz o’sishni qayd etmoqda. Bunda respublikaning barcha hududlarida narxlar qimmatlashganini ko’rsatadi.

Manba: olx.uz va uybor.uz saytlaridagi ma’lumotlarga asoslangan.

Viloyatlar kesimida faqatgina Andijon viloyatida choraklar bo’g’imida 5,42 foiz kamayish qayd etilgan.

Pandemiya davrida majburiy cheklovlar rejalashtirilgan xaridlarni keyingisi (“kechiktirilgan talab effekti”) qoldirilishiga olib keldi, bu esa iqtisodiyotdagi iste’mol talabining pasayishiga va jamg’arma faolligining oshishiga olib kelishi mumkin edi.

Bundan tashqari, valyuta kursining nisbiy barqarorlashuvi sharoitida ko’chmas mulk bozori muqobil daromad manbai sifatida yetarli tejashga ega bo’lgan tadbirkorlar va aholining bir qismi uchun yuqori rentabellikdagi investitsiya manbaiga aylandi.

Ko’chmas mulk bozorining talab darajasida faollashishi, poytaxtdan uy-joy sotib olishdagi ma’muriy to’siqlarni bartaraf etish hisobiga narxlarning ko’tarilishiga ham ta’sir ko’rsatdi.