Davlat statistika qoʻmitasi 2021-yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekiston eksportida yuqori ulushga ega boʻlgan hamkor davlatlar oʻnligini eʼlon qildi.

Unga koʻra, $835,4 mln lik eksport bilan Xitoy birinchi pogʻonani egallagan. Shuningdek, Turkiya ($694,1 mln) va Rossiya ($658,6 mln) roʻyxatning ikkinchi va uchinchi oʻrinlarini band qilgan.

Shuningdek, Oʻzbekiston eksportidagi yetakchi davlatlar oʻnligidan quyidagilar oʻrin olgan:

  • Qozogʻiston — $442,0 mln
  • Afgʻoniston — $296,3 mln
  • Qirgʻiz Respublikasi — $273,0 mln
  • Tojikiston — $153,8 mln
  • Kanada — $84,8 mln
  • Eron — $81,6 mln
  • Ukraina — $68,7 mln

Xabarda, shuningdek, 2021-yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekistonning jami eksport hajmi $5,7 mlrd ga teng boʻlganligi ta’kidlangan.

Avvalroq, Prezident Shavkat Mirziyoyev 12-may kuni videoselektor yig‘ilishida birinchi yarim yillikda eksport hajmini $5,2 milliardga yetkazishni ta’minlash bo‘yicha topshiriq bergandi.