1- iyuldan O‘zbekistonda qanday o’zgarishlar sodir bo’ladi

O‘zbekistonda iyul oyidan bir qator sohalarda yangi qoidalar kuchga kiradi. Ularning eng muhimlari haqida — Spot sharhida.


O’zbekistondagi ko’chmas mulk narxlari qanday o’zgardi

So’nggi uch oy ichida umumiy hisobda birlamchi va ikkilamchi bozorda narxlarda o’sish kuzatilmoqda. Ammo ko’chmas mulk narxlari va aholi jon boshida tushayotgan daromad miqdori nomutanosib tarzda.


Omonat nima. Oʻzbekistonda qanday omonat turlari mavjud

Spot omonat nima, uni hisoblash, qanday omonat turlarini tanlash kerakligi haqida qiziqarli ma’lumotlar tayyorladi.


Onlayn kim oshdi savdosi va xususiylashtirishda qanday oʻzgarishlar boʻldi

Davlat mulkini 1 soʻmlik boshlangʻich narxda sotish amaliyoti bekor qilinadi.


Dunyo yangiliklari:

  1. Binance kriptobirjasi faoliyati Buyuk Britaniya hududida taqiqlandi. 30-iyunga qadar kompaniya reklamalar va promoaksiyalar ishlashini butunlay to’xtatishi kerak.
  2. “Bitkoin iqtisodiy oʻsishga yordam beradi” — Salvador prezidenti. Hokimiyat fuqarolarga hukumatning kripto-dasturidan roʻyxatdan oʻtish uchun $30 bermoqda.
  3. Ilovalar boʻyicha kichik tahlil. TikTok eng koʻp foyda olgan. Foydalanuvchilar PUBG uchun $1,5 mlrd xarajat qilgan. Yil boshidan buyon foydalanuvchilar mobil ilovalar uchun $64,9 mlrd sarflab yuborishgan.
  4. Facebook kapitalizatsiyasi tarixda birinchi bor $1 trlndan oshdi. Nasdaq birjasining ma’lumotlariga ko’ra, hozirga kelib kompaniya aksiyalari narxi $355,64 ni tashkil etmoqda.
  5. Windows 11-ning ilk versiyasi chiqdi. Uni qanday oʻrnatish kerak. Foydalanuvchilar “Центр обновления Windows” orqali yangilanishni test qilib koʻrishlari mumkin.
  6. Instagram foydalanuvchilari uchun yangi funksiyani tekshiruvdan o’tkazmoqda. Unga ko’ra, foydalanuvchilar obunachilar soni nechta bo’lishidan qat’iy nazar stikerlar orqali iqtibos qilish imkoniga ega bo’ladilar.
  7. Reklama cheklovlari tufayli yirik kompaniyalar $500 mlrd zarar koʻradi. Eng katta yoʻqotish alkogol kompaniyalarida. Coca-Cola ham $43 mlrd yoʻqotishi kutilmoqda.
  8. Avgust oyida butun dunyoni sun’iy yo’ldosh interneti bilan ta’minlovchi tizim ishga tushiriladi. Ilon Mask qutblardan tashqari dunyoning barcha qismida Starlink sun’iy yo’ldoshlari bo’lishini aytib o’tgan. Loyihaga 20−30 mlrd dollar sarflanadi.
  9. TikTok bolalarga tegishli va shubhali ko‘ringan 7 mln akkauntni oʻchirib tashladi. Qoidaga ko‘ra, 13 yoshgacha boʻlgan yoki yoshini koʻrsatmagan foydalanuvchilar tarmoq maʼmuriyati tomonidan oʻchiriladi.
  10. Uchar mashina sinovdan oʻtkazildi. AQSh 40 mingta mashinaga buyurtma berdi. Mazkur “havo mashinasi” ikki kishini (200 kg) koʻtara oladi.