“Yosh irrigator” bolalar dam olish oromgohi sotuvga qo’yildi Bu haqida E-ijro auksion telegram kanalidaxabar beriladi.

Oromgoh Buxoro viloyati, Vobkent tumani, Guliston MFY da joylashgan.

Umumiy maydoni (kv.m): 2040 Yer maydoni:4,9 gektar.

Boshlang‘ich narxi: 4,5 mlrd. so‘mdan. Auksion muddati: 6- avgustgacha.

Oromgoh hisobotida mavjud barcha jihozlari bilan birga sotiladi. Suv va elektr energiyasi bilan ta’minlangan.

Avvalroq Spot, “Zomin bolalar oromgohi” MCHJ auksionga qo’yilganligi haqida xabar bergan edi.