Ushbu tadqiqot bank tizimi aktivlari tarkibida xususiy sektor ulushining o‘zgarishlari, bank sohasidagi islohotlar va transformatsiya jarayonlari samaradorligini baholab borish uchun o‘tkazilmoqda. Markaz tomonidan 2021-yilning 2- choragi bo’yicha faol banklar reytingi shakllantirildi.

Bu haqda markaz Matbuot xizmati Spot’ga xabar berdi.

2021-yil 1-iyun holatiga ko‘ra respublika bank tizimi aktivlari 395 trln. so‘mni (2020-yil 1-iyunga nisbatan o‘sish — 27,5%), majburiyatlari — 3336,6 trln. so‘mni (o‘sish — 30,6%), kapital 61,5 trln. so‘mni (o‘sish — 13,1%) tashkil etdi.

17 ta yirik bank orasida Kapitalbank” o‘tgan yilning 2-choragidan buyon 1-o‘rinni saqlab qolmoqda. Mazkur bankning muddatli depozitlarining kreditlariga nisbati 84% ni tashkil etdi.

“Hamkorbank” joriy yilning I choragiga qaraganda faollik ko’rsatib 2-o'rinni egalladi. Bunga bankning moliyaviy vositachiligi, aktivlar sifati va samarali boshqaruv usuli ta’sir ko’rsatdi.

“Trast bank” umumiy reytingda bitta punkt yo’qotib, 3-o‘rinni egalladi. Aloqa bank” davlat ulushi mavjud yirik banklardan biri sifatida umumiy reytingda 3-o‘rindan 6-o'ringa tushib ketdi. Bunga asosiy sabab nofaol bank kreditlari, yo’qotishga moyil bo’lgan bank rezervlarining mavjudligi bo’ldi.

Shuningdek, “Asia Alliance bank va “Mikrokreditbank4 ta punkt yo’qotib reytingdan 9-va 12-o'rinlarni egallashdi.

Bundan tashqari, O‘zbekistonning 14 ta kichik banklar uchun faollik reytingida uchta yetakchi banklar (“Davr bank”, “Ziraat bank” va “Universal bank”) 2020 yil 4-choragiga nisbatan o‘zgarishsiz qoldi.

Ma’lumot uchun, Spot aprel oyida banklar faollik indeksining I choragi bo’yicha ma’lumotlarinitaqdim etgan edi.