2025-yildayoq anʼanaviy (oʻt oladigan) dvigatellari elektromobillarga qaraganda kamroq rentabellikga ega boʻladi. Bu haqda Financial Times-ga Volkswagen ishlab chiqarish va elektr harakatchanligi boʻlimi boshligʻi Tomas Ulbrix maʼlum qildi.

Unga soʻzlariga koʻra, asosiy sabab Yevro-7. U bilan bogʻliq muammo shundaki, 2025-yilda kuchga kirishi kerak boʻlgan standart loyihasida CO chiqindilari uch yoki 10 baravarga, azot oksidlari esa hatto juda qattiq Yevro-6 standartiga nisbatan yarimga kamaytirilishi koʻzda tutilgan.

“Bundan tashqari, avtoulovlar normalarni sinov siklida emas, balki barcha haqiqiy ish sharoitlarida bajarishlari kerak. Ichki yonish dvigatelida bularning barchasini qimmatli tarkibiy qismlarsiz amalga oshirib boʻlmaydi”, — deydi Ulbrix.

Avvalroq Spot nima uchun Oʻzbekistondagi tadbirkorlar elektromobil vositalariga oʻtayotgani va infratuzilmani rivojlantirish bilan bogʻliq ishlar qanday ketayotgani haqida yozgan edi.