“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida"gi Qonun (OʻRQ-701-son, 14.07.2021-y.) Prezident tomonidan imzolandi.

Qonun bilan 49 ta litsenziyalar, 120 ta ruxsat berish hujjatlari hamda 33 ta xabarnomalarning yakuniy roʻyxatlari tasdiqlandi.

️Qonunga koʻra, faoliyatni amalga oshirish hayot va sogʻliqqa, atrof-muhitga zarar, huquqlar va qonuniy manfaatlarga, jamoat xavfsizligiga ziyon yetkazilishiga sabab boʻlishi mumkin boʻlsa, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari joriy etiladi.

Litsyenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish va ular bilan bogʻliq boshqa tartiblar barcha uchun ochiq boʻlgan “Litsyenziya” axborot tizimi (maxsus elektron tizim) orqali amalga oshiriladi.

Yuridik shaxslar filiallari va vakolatxonalari uchun alohida litsenziyalar hamda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar olish talab etilmaydi.

Bunda avval olingan litsenziyalarda va ruxsatnomalarda filiallar va vakolatxonalarning manzillari koʻrsatiladi.

️Filiallar va vakolatxonalar tashkil etgan yuridik shaxslar vakolatli organni maxsus elektron tizim yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali xabardor qiladi.

Litsyenziyalar, ruxsat berish hujjati va xabarnomalar reyestrlari faoliyat turi boʻyicha alohida-alohida maxsus elektron tizimda ochiq elektron shaklda yuritiladi.