“Россельхознадзор” 2021-yil 22-iyuldan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining Toshkent viloyatidan Rossiyaga pomidor va qalampir mahsulotlarini olib kirishda vaqtinchalik cheklovlarni joriy qildi.

Bunga asosiy sabab sifatida mintaqadan keltirilgan pomidorlarda Pomidor jigarrang meva virusi (ToBRFV) va Pepino mozaikasi virusi aniqlangani aytilmoqda.

22-iyulgacha joʻnatilgan yuklarni Rossiya hududiga faqat karantin fitosanitariya ekspertizasidan oʻtganidan keyin olib kirishga ruxsat beriladi, deyiladi xabarda.

Avvalroq “Россельхознадзор” 2021-yil 22-iyundan Fargʻona viloyatidagi korxonalarning pomidor va qalampirini Rossiyaga yetkazib berishiga ruxsat bergandi.