TikTok reklama uchun yangi Spark Ads formatini yo’lga qo’ydi. Uning yordamida brendlar reklamada ishtirok etgan o’zlarining yoki boshqa tiktokerlarning videoroliklarini foydalanuvchilarning lentalarida ko’rish imkonini amalga oshirish imkoniga ega bo’ladilar.

Tomosha qilish jarayonida yozilgan sharhlar, layklar, obunalarning barchasi akkaunt egasining profilida yig’iladi.

Kompaniyada ta’kidlanishicha,Spark Ads biznesga TikTok jamiyatinining bir qismiga aylanishiga ko’mak beradi. Shuningdek, reklama kompaniyalariga kam mablag' sarflab ko’proq natijaga erishishni ta’minlaydi.

TikTok foydalanuvchilarning kontent bilan o’zaro aloqasi funksiyalari ko’proq foydalanuvchilarga brend bilan aloqa o’rnatishga imkon beradi, deya qo’shimcha qildi kompaniya.