Onlayn auksionga Namangan viloyati, Namangan tumani, Kaykovus MFY da joylashgan “Sayhun” dam olish maskani sotuvga qo’yildi.

Dam olish zonasi 3,14 gektar maydonda joylashgan. Inshoot uchun boshlang’ich narx 655 mln so’m deb belgilangan.

Maskan hozirda faoliyat ko’rsatmaydi. Unda elektr toki va suv ta’minoti mavjud. Zonada qonunchilikda taqiqlanmagan faoliyat turi bilan shug’ullanish mumkin.

Arizalarni qabul qilish 21-iyulgacha davom etadi. Auksion 23-iyul kuni bo’lib o’tadi.

Avvalroq Spot, Chorvoqda ikkita davlat aktivi sotuvga qo’yilganligi haqida ma’lumot bergan edi.