Iste’mol kreditlari: qanday olish mumkin, o’rtacha yillik foiz stavkalari, kerakli hujjatlar va boshqalar haqida batafsil

Spot O’zbekistondagi banklarning iste’mol kreditlari bo’yicha shartlarini taqqosladi. Aksariyat banklarda foiz stavkalari narxi pasaytirilgan. Eng kam foizli iste’mol kreditlarini “O'zmilliybank” taqdim etmoqda.


ERI kalit nima, uni qanday olish mumkin

Spot e-imzo.uz saytida ERI sertifikatini masofadan turib qanday olish boʻyicha qoʻllanmani taqdim etadi.


O‘zbekistonda iyun oyida ko‘chmas mulkka bo‘lgan talab qanday o‘zgardi

Ipoteka kreditlari sonining 10% ga oshishi ko‘chmas mulk oldi-sotdisining o‘rtacha 6,7% ga o‘sishiga olib keladi.


Dunyo xabarlari:

  1. OPEC+ davlatlari neft qazish olish miqdorini oshirishga kelishib oldi. A’zo davlatlar joriy yilning so’nggiga qadar 2 mln b/s miqdoriga yetkazishni bir ovozdan qo’llab- quvvatladilar.
  2. Toyota Tokio Olimpiadasidagi telereklamalardan voz kechdi. Olimpiadaning bosh homiysi Toyota Motor kompaniyasi hisoblanadi, biroq kompaniya Olimpiada mavzusidagi telereklamada ishtirok etmaydi.
  3. 2050 — yilga borib bitkoin oddiy pullar o’rnini egallashi mumkin. Finder.com ekspertlari giperbitkoinizatsiya jarayoni jadallashib, 2025-yilga qadar birkoin narxi $150 000 ni tashkil etishini prognoz qilishmoqda.
  4. Jeff Bezos jamoasi 14 soatlik kosmik parvozga tayyorgarlikni boshladi. Blue Origin rahbari bilan birga uning akasi Mark Bezos, 82 yoshli uchuvchi Uolli Fank va fizika fakulteti talabasi Oliver Damen kosmosga uchishadi.
  5. Yangi iPhone funksiyalari haqida mish-mish: displeylarda qoʻshimcha xususiyat paydo boʻladi. Maʼlumotlarga koʻra, foydalanuvchilar endilikda iPhone qurilmalarida baʼzi maʼlumotlarni ekranga tegmasdan turib ham olishlari mumkin boʻladi.
  6. Tesla barcha elektromobillar uchun universal quvvatlagich stansiyasini ishga tushiradi. Dunyo boʻylab 25000 dan ortiq zaryad stansiyalarini oʻrnatiladi. Ushbu shoxobchalar orqali elektromobilni 15 daqiqa ichida quvvatlantirish mumkin boʻladi.
  7. “TikTok” yangi reklama formatini ishga tushirdi. Spark Ads reklama kompaniyalariga kamroq mablag' sarflab, ko’proq natijaga erishishni ta’minlaydi.
  8. AQShda 5G texnologiyasiga ega birinchi “aqlli” shahar barpo etiladi. Loyiha uchun shimoliy Virjiniya shtatidagi National Landing maydoni tanlab olindi.
  9. “Saudi Aramco” ga xakerlar hujum qildi. Kiber jinoyatchilar hozirda kompaniyadan $50 mln tovon talab qilishmoqda.
  10. Starlink Germaniyadagi toshqin jabrdiydalariga bepul sunʼiy yoʻldosh internetini taqdim qildi. Avtoulov ishlab chiqaruvchilari ham jabrlanganlarni qoʻllab-quvvatladilar: Ford qutqaruv operatsiyalari uchun furgonlar bilan taʼminladi, Volkswagen €1 mln xayriya qildi.