Oʻtgan oyda tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlar hajmi 11,8% ga oshdi. Berilgan kreditlar hajmining eng katta oʻsishi Sirdaryo (76,0% ga), Samarqand (72,3% ga), Surxondaryo (59,1% ga), Andijon (52,2% ga) viloyatlarida kuzatilmoqda. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi xabar bermoqda.

Tahlil qilingan davrda 8 210 ta yangi tadbirkorlik subyektlari tashkil etilib, ularning eng koʻpi Samarqand (1 230), Qashqadaryo (990), Toshkent (831), Fargʻona (798) viloyatlari va Toshkent shahrida (1 339) roʻyxatga olingan.

Mazkur davrda Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasida tuzilgan bitimlar hajmi 9,1% ga oshdi.

Shuningdek, birja faolligining sezilarli oʻsishi Namangan (45,6%), Surxondaryo (35,1%), Sirdaryo (20,7%), Qashqadaryo (17,5%) viloyatlari, Toshkent shahri (14,8%) va Qoraqalpogʻiston Respublikasida (26,1%) kuzatilmoqda.

Avvalroq Spot kredit va “rassrochka"ning farqi haqida yozib, ularning qaysi birini tanlash kerakligini misollar yordamida tahlil qilgan edi.