Burger King Oʻzbekiston bozoriga kirib kelmoqda
“Burgerhouse MChJ” allaqachon tashkil etilgan boʻlib, xodimlarni ishga yollash boshlangan.
Oʻzbekistonda eng yuqori oylikni qaysi soha vakillari olishi maʼlum qilindi
Eng katta oylik moliya va sugʻurta sohasida, eng kam oylik sogʻliqni saqlashda.
Qanday qilib katta miqdorda pul yigʻish mumkin. Barcha rioya qilishi mumkin bo’lgan qoidalar
Spot moliyaviy savodxonlik bo’yicha navbatdagi materialni tayyorladi.
Shov-shuvli parvozlar va mablagʻlarning boy berilishi. Jeff Bezos nega “eng boy odam” maqomini yoʻqotdi
Reytingga koʻra, Bezosning boyligi $192,4 mlrd deb baholanmoqda. U bir kunda $13,9 mlrd yoʻqotdi.
Shuningdek quyidagi yangiliklar:
- 1-avgustdan qonunchilikda qanday oʻzgarishlar boʻladi. Spot 2021-yil 1-avgustidan boshlab Oʻzbekiston qonunchiligida roʻy beradigan ayrim oʻzgarishlar haqida maʼlumot berib oʻtadi.
- Kredit yoki “rassrochka”. Qay birini tanlash kerak. Spot kredit va “boʻlib toʻlash"ning farqi, ularning qaysi biri qulayroq ekanligini misollar yordamida tahlil qiladi.
- Markaziy bank 2021-yil yakuni boʻyicha inflyatsiya darajasi ortishining asosiy xatarlarini sanab oʻtdi. Quruq ob-havo sharoiti va ayrim isteʼmol tovarlarining importi mahalliy mahsulotlar narxini oshishiga olib kelishi mumkin.
- Sirdaryoda kredit olish hajmi keskin koʻpaydi. Shuningdek, tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlar hajmi 11,8% ga oshgan.
- “Lingvist” sport- sogʻlomlashtirish oromgohining boshlangʻich narxi pasaytirildi. Aprel oyida sotuvga qoʻyilgan oromgohning narxi ikki barobar pasaytirildi. Auksion 2-avgustgacha davom etadi.
- Pekinda Starlink-ning analogi sinovdan oʻtkazildi. Xitoyliklarning maqsadi qanday. Birinchi bosqichida uyali aloqa, internet va navigatsiya taʼminlanadi. Ikkinchi bosqichda esa dunyoning istalgan nuqtasida internetga kirish kafolatlanadi.
- Rossiyaga boruvchi oʻzbekistonliklar maxsus ilovadan foydalanishlari shart boʻladi. Oʻzbekiston “Путешествую без COVID-19” ilovasiga qoʻshildi.
- Innovatsion rivojlanish vazirligi Jizzaxdagi startap loyihalarni moliyalashtiradi. Umumiy ragʻbatlantirish miqdori 4 mlrd soʻmni tashkil etadi.
- “ATTO” kartalari orqali toʻlov miqdori arzonlashtirildi. Joriy yilning 1-avgustidan 30-sentyabriga qadar bir martalik toʻlov miqdori 1300 soʻmni tashkil etadi.
- Gigant kompaniyalarning daromadlari: II chorakda kim qancha ishlab topdi. Spot kompaniyalarning daromadlari va sof foydalarini solishtirib chiqdi.
- Davlat ramzlaridan tijoriy maqsadda foydalanish holatlari aniqlangan. Italiyalik dizayner davlatimiz razmlari tushirilgan oyoq kiyimlarni tayyorlagan.
- Pavel Durov Twitter va Facebook-ning ayrim ishlarini tanqid qildi. Gap nima haqida ketmoqda. Messenjer asoschisi mazkur kompaniyalarni koronavirusga oid xabarlarga senzuralar qoʻyishlarini salbiy baholadi.
- Huawei super kamera bilan jihozlangan yangi smartfonlarini namoyish etdi. P50 $700, P50 Pro $925 deb baholanmoqda. Qurilma avgustda sotuvga chiqadi.
- Kobeydjing kartalaridan foydalanish: Oʻzbekistonda qanday tariflar va shartlar mavjud. Ayni paytda bunday kartalarni 32 ta bankdan 13 tasida ochish mumkin.
- Oʻzbekistonda vertolyotlardan tijorat maqsadlarida foydalanish mumkin boʻladi. Vertolyotlarda eng murakkab qurilish loyihalarining montaj ishlarini bajarish, yirik gabaritli yuklarni tashish, togʻlarda turistik ekskursiya parvozlarni amalga oshirish mumkin boʻladi.