2021-yilning ikkinchi choragida Amazon-ning daromadi 27% ga oshib, $113,08 mlrd ni tashkil etgandi, bu esa tahlilchilar kutganidan past boʻlib, ular daromadni $115,2 mlrd boʻlishini taxmin qilishgan, deb yozadi “vc.ru”.

Shu bilan birga, reklama daromadlarining oʻsishi tezlashdi (87%), AWS bulutli xizmatlari esa 37% ga oshdi.

Biroq moliyaviy hisobot eʼlon qilingandan soʻng, aksiyalar deyarli 7,5% ga tushib ketdi, deb yozadi Bloomberg.

Kompaniyaning moliyaviy masalalar boʻyicha direktori Brayan Olsavskiy kelgusi choraklarda daromadlarning oʻsish surʼati pasayishi mumkinligini taʼkidladi. Uning soʻzlariga koʻra, 2020-yilning ikkinchi choragida Covid-19 pandemiyasi davrida sotuvlar 35−45% ga oshgan.

Vaksinatsiyaning oshishi tufayli oʻsish surʼati sekinlashdi, yaʼni pandemiya paytida Internet -doʻkonlari koʻpayib ketdi, chunki odamlar faqat oʻsha yerdan xaridlarni amalga oshira olgan, hozir esa eski hayotga qaytilmoqda, deya qoʻshimcha qilgan Bloomberg.

Avvalroq Spot gigant kompaniyalarning oʻtgan uch oydagi daromadlari haqida tahlil yozgan edi.