AQSh hukumati joriy o’n yillik so’nggiga qadar elektromobillar sotuvi hajmini 40 fozigacha oshirish bo’yicha kompaniyalar bilan muzokaralar olib bormoqda. Bu turdagi loyihani amalga oshirish uchun hukumat quvvatlovchi infratuzilmani joriy etishda milliard dollarlik investitsiyalar talab qilinadi, deya yozadi Bloomberg nashri.
Ko’plab avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bu taklifni qabul qilishga tayyor ekanliklarini bildirib o’tishgan. Ammo shunga qaramasdan, ishlab chiqariladigan avtomobillar soni haqida to’liq ma’lumot berilmagan.
Buning uchun kompaniyalarga davlat ko’magi yoki quvvatlovchi bekatlar qurish tizimini yaratish uchun katta miqdordagi subsidiyalar talab etiladi.
Loyiha bo’yicha qonun hujjati Senat tomonidan tayyorlanmoqda. Hujjat soliq imtiyozlari va $7,5 mlrd miqdordagi davlat subsidiyasi ajratilishini ko’zda tutadi.