Birlamchi ommaviy aksiyalarni joylashtirishni tashkil etish tashkiloti (IPO)ning Bosh vazir oʻrinbosari Jamshid Qoʻchqorov tomonidan tasdiqlangan “Yoʻl xaritasi” ning ijrosini ta’minlash maqsadida, “Oʻzbekneftgaz” АJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Аbdullayev boshchiligida Respublika fond birjasining birja kotirovkalari roʻyxatiga Jamiyat aksiyalarini kiritish boʻyicha ish olib borilmoqda.
Bugungi kunda “Oʻzbekneftgaz” AJning erkin muomaladagi imtiyozli aksiyalarining miqdori 24 312 673 donani tashkil etadi. Hozirgi vaqtda ushbu aksiyalarni sotib olish va sotish ishlari birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi — “ELSIS — SAVDO” АJ savdo maydonchasida amalga oshirilmoqda.
Joriy yiling yarim yili uchun “Oʻzbekneftgaz” АJning imtiyozli aksiyalarining narxi har bir aksiya uchun 720 soʻmdan 3000 soʻmgacha, nominal qiymati 500 soʻm boʻlgan. Bu esa, bozorda ushbu turdagi aksiyalarning jozibadorligini koʻrsatmoqda.
Аksiyalarni fond birjalarining kotirovkalar roʻyxatiga kiritilishi esa investorlar doirasini kengayishiga, ularning aksiyalarga boʻlgan ishonchini mustahkamlashga, shuningdek aksiyalarning likvidligini oshirish imkoniyatini beradi.
Shu munosabat bilan, “Oʻzbekneftgaz” АJ aksiyalarini Respublika fond birjasining birja kotirovkalari roʻyxatiga kiritish masalasi vakolatli boshqaruv organlari tomonidan koʻrib chiqilishi uchun taqdim etildi.
2 avgust 2021, 15:03
Moliya
“Oʻzbekneftgaz” IPO qilishni rejalashtirmoqda
Hozirda kompaniyaning muomaladagi aksiyalarining soni 24 312 673 donani tashkil etib, birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi — “ELSIS — SAVDO” АJ savdo maydonchasida amalga oshirilmoqda.
Foto: “Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati
«Spot»
- 377
- Izoh
- Tavsiya qilish
So‘nggi yangiliklar
Kecha, 20:28 Energetika
Bir haftada birjada AI-80 benzini savdosi hajmi 3,3 barobarga oshdi
Energetika vazirligi gaz zapravkalar faoliyatiga vaqtinchalik cheklov kiritganidan keyin yoqilg‘i yetkazib berishni sezilarli darajada oshirdi.
Kecha, 20:00 Qiyofa
Time jurnali Donald Trampni yil odami deb topdi
U yil odami sifatida ikkinchi marotaba e’tirof etildi. Bundan oldin, siyosatchi 2016-yilda AQSh prezidentlik saylovlaridagi birinchi g‘alabasidan keyin mazkur nomni olgandi.
Kecha, 19:09 Iqtisodiyot
“Hech qanday muammo yo‘q” — Markaziy bank eski namunadagi $100lik kupyuralarni ayirboshlash haqida
Regulyator bunday banknotlarni banklar tomonidan sotish va sotib olishda hech qanday muammo mavjud emasligini ma’lum qildi.
Kecha, 17:34 Qiyofa
Rossiyada 2026-yil 1-sentabrdan boshlab xorijiy messenjerlar taqiqlanishi mumkin
Bunda marketpleyslar, banklar va boshqa tashkilotlar xodimlari ish joyida Telegram yoki WhatsApp kabi messenjerlardan foydalana olmaydi.
Kecha, 17:19 Biznes
Yandex O‘zbekistonda Yandex Market savdo belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza topshirdi
Avgust oyida kompaniya Yandeks Lavka belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza bergandi, noyabrga kelib poytaxtda xizmat ishga tushdi.
Kecha, 17:00
Texnologiyalar, madaniyat va $30 mln investitsiya: Frame O‘zbekiston media sanoatini qanday o‘zgartirmoqda
Kompaniya 30 million dollarlik shartnoma tuzdi, shundan 7,5 million dollari nafaqat kontent, balki texnologik innovatsiyalarni joriy etadigan va O‘zbekistonning madaniy tiklanishida asosiy rol o‘ynaydigan ekotizimni ishlab chiqishga yo‘naltirildi.
Kecha, 16:46 Biznes
Ilon Maskning boyligi birinchi marta $400 mlrddan oshdi
12-dekabr holatiga, Tesla va SpaceX kompaniyalari rahbarining boyligi $447 mlrdga baholanmoqda.
Kecha, 16:03 Moliya
Dollar kursi yana pasaydi
Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi qariyb 6 so‘mga pasayib, 12 860,09 so‘mni tashkil etdi.