Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida davlat rahbari hududlar va tarmoqlarni barqaror rivojlantirish uchun yaratilayotgan moliyaviy va iqtisodiy sharoitlarni sanab oʻtdi.
Taʼkidlanishicha, sanoat tarmoqlariga bir yarim yil davomida 50 trln soʻmdan ziyod bojxona imtiyozlari va tarif preferensiyalari berilgan. Birgina avtomobil sanoatiga 9,5 trln soʻmlik, neft-gaz tarmogʻiga 2,8 trln soʻmlik bojxona imtiyozlari taqdim etilgan.
Bundan tashqari, xizmatlar sohasini rivojlantirish boʻyicha alohida Prezident qarori qabul qilingan. Xususan, birinchi bosqichda 7 ta tijorat bankiga 1 trln 575 mlrd soʻm mablagʻ ajratildi.
Hisobot davrida mamlakatda jami 53 ming yangi kichik tadbirkorlik subyekti tashkil etilib, oʻtgan yilga nisbatan 14% ga oshgan. Biroq, yangi tashkil etilgan korxonalar soni Surxondaryoda, Andijonda, Sirdaryoda , Xorazmda kamaygan.