Uzbekistan airways 4-avgustdan oʻzining Facebook, Instagram, Telegramdagi sahifalari obunachilari oʻrtasida tanlov boshlaydi. Gʻolib Airbus H-125 vertolyotida parvoz qilishi mumkin boʻladi.
Tanlovda ishtirok etish uchun obunachilar aviakompaniyaning sahifalariga obuna boʻlishlari, Instagram va Facebookdagi tanlov postiga layk bosishi va tanlov haqidagi postni stories-da ulashishlari kerak boʻladi.
“Tanlov 11-avgust soat 18−00 ga qadar davom etadi va shu kunning uchta gʻoliblarni toʻgʻridan-toʻgʻri efirda lizaonair xizmati orqali eʼlon qilamiz”, — deyilgan kompaniya xabarida.
Bundan tashqari, kompaniya tanlovda ishtirok etish uchun sahifa shaxsiy va faol boʻlishi, shuningdek, ochiq boʻlishi kerakligini qoʻshimcha qilgan.
Batafsil ma’lumot bu yerda.