Aprel oyida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi “Urganchavtoshoxbekat” MCHJ tarkibidagi 100 foiz davlat ulushini sotuvga qo’ygan edi.
Hozirga kelib arizalarni qabul qilish muddati 23- abgustgacha uzaytirilgan. Bu haqda E-auksion saytida ma’lumot berilgan.
Bino va inshootlar uhun boshlang’ich narx 1 mlrd 498 mln deb belgilangan. Hozirda 1 mlrd 528 mln so’m taklif qilgan davogar mavjud.
Binolarning egallagan umumiy maydoni 682,42 kv.m ni tashkil etadi. Ustav kapitali miqdori 2 997.007 mln so’m. Tenderda g’olib chiqqan shaxs 20 yil davomida avtoshohbekat va yo’lovchi tashish faoliyatini ta’minlab berishi kerak.
Bino Xorazm viloyati, Urganch shahri, Yoshlik ko’chasida joylashgan.