Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (CERR) joriy yilning iyul oyida oʻz biznesining rivojlantirish istiqbollarini qanday baholashlarini bilish uchun respublika boʻylab 1000 dan ortiq korxonalar bilan suhbat oʻtkazdi.

Iyul oyida ishbilarmonlik muhitining umumiy koʻrsatkichi oʻtgan oyga nisbatan 3 punktga kamaygan va 55 punktda (-100 dan +100 gacha boʻlgan shkala boʻyicha) mamlakatdagi ishbilarmonlik muhiti ijobiy deb baholangan.

Ishbilarmonlik muhiti koʻrsatkichining dinamikasi


Ishbilarmonlik muhiti koʻrsatkichlarining pasayishi respublikadagi noqulay epidemiologik vaziyat bilan izohlanadi. Xususan, kichik va oʻrta biznes vakillarining 17%i pandemiyaning tovar/xizmatlarga boʻlgan talabga salbiy taʼsirini qayd etgan.

Biznesning hozirgi holati koʻrsatkichining pasayishi sanoat, qishloq xoʻjaligi va xizmat koʻrsatish sohasidagi tadbirkorlar oʻrtasidagi kayfiyatning oʻzgarishi bilan, bu esa asosan kengaytirilgan karantin cheklovlari bilan bogʻliq.

Taʻkidlanishicha, 76% tadbirkorlar oʻz biznes istiqbollari yaxshilanishiga ishonadi. Korxonalarning 67% tovar va xizmatlarga boʻlgan talabning yaxshilanishini kutmoqda. Respondentlarning 62% xodimlari soni keyingi uch oy ichida oshirishi mumkinligini aytgan.