Bundan bir qancha muddat ilgari YouTube oʻz platformasida reforma boshlagandi. Avvaliga TikTok kabi qisqa videolar, reklamalarni oʻchirish xizmati, keyinchalik esa ota-onalar nazorati funksiyasi qoʻshildi.
Endilikda har bir xorijiy izoh ostida “Tarjima qilish” tugmasi paydo boʻladi.
YouTube Premium obunachilari 9-sentyabrga qadar sharhlarning tezkor tarjimasini sinovdan oʻtkazishda ishtirok etishlari mumkin, deya xabar bermoqda 9to5google.
Funksiya Android va iOS uchun ilovaning soʻnggi versiyasida mavjud boʻlib, chet tilidagi izohlar ostida “Google Translate” belgisi boʻlgan “Tarjima” tugmasi paydo boʻladi.