1-sentabr — Islom taraqqiyot banki (IsDB) AAA reytingi bo‘yicha siyosatchilarga iqtisodiy barqarorlikni qo‘llab-quvvatlovchi mexanizmlarni yaratishga yordam berish maqsadidi yangi Barqarorlik indeksini ishga tushirdi.

Islom taraqqiyot banki prezidenti Muhammad Sulaymon Al-Jasser koronavirus pandemiyasi oqibatida ushbu Indeksning yaratilishiga turtki bo‘lgan asosiy sabablarni aytib o‘tdi:

“COVID-19 pandemiyasining eng og‘ir saboqlaridan biri iqtisodiy barqarorlikning muhimligi bo‘ldi. Bizning iqtisodiy tizimlarimiz bugungi kunda globallashgan va murakkabdir. Shuning uchun ushbu Indeksni siyosatchilarga yanada barqaror iqtisodiyot yaratish borasidagi yutuqlarini kuzatishga yordam berish uchun ishlab chiqdik”, — deydi Al-Jasser.

O‘zbekiston iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘illikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov O‘zbekistonda pandemiya mahalliy muhim muammolarga sababchi bo‘lganligi, jumladan sog‘liqni saqlash xizmatlaridan foydalanishdagi qiyinchilik, ishchi kuchi uchun salbiy oqibat hamda lokdaun tufayli iqtisodiy faoliyatni keskin to‘xtatilishi yuz berganligini ta’kidlab o’tdi.

Barqarorlik indeksi IsDB-ga a’zo 57 mamlakatning siyosatchilariga iqtisodiy barqarorlikni oshirish borasida ilgarilab ketayotganlarini kuzatishga yordam beradi.