UZCARD kompaniyasi firibgarlar haqida ogohlantiradi. Unga ko’ra, uz-investt.space, invest-uz.space kabi saytlar firibgarlik yo’li bilan fuqarolar mablag’ini o’ziga jalb qilmoqda.

Kompaniya bu saytlar UZCARD nomidan nashrlar yaratayotgan yangi firibgarlarning feyk saytlari ekanligi haqida ogohlantiradi.

Kompaniyaning rasmiy servislari uzcard.uz domenida ro‘yxatdan o‘tgan. Kompaniya havolalar orqali o‘tmaslik va hech qanday amaliyotlarni bajarmaslikka chaqirmoqda.

Yodingizda tuting, UZCARD va bank xodimlari hech qachon mahfiy SMS-kodni va shaxsiy ma’lumotlarni so‘ramaydilar.

Agar siz firibgarlarning qurboniga aylangan bo‘lsangiz, birinchi navbatda sizga xizmat ko‘satuvchi bankka va huquqni himoya qiluvchi organlarga murojaat qiling, deyiladi xabarda.