O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 10-iyul kunidagi PQ-4779-son Qaroriga muvofiq respublikada elektrmobillarga xizmat ko‘rsatish uchun infratuzilmasi, shu jumladan, zaryadlash stansiyalari va servis markazlarini tashkil etishning rag‘batlantirish chora-tadbirlari belgilangan.

Mazkur topshiriqni ijrosini ta’minlash maqsadida, “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayevning topshirig‘iga asosan, “UNG Petro” MCHJ korxonasi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, bugun 13 sentyabr kuni Samarqand viloyati Samarqand shahrida joylashgan 89-sonli “Samarqand-2” nomli AYOQSHda elektromobillarni tezkor zaryadlash qurilmasi o‘rnatildi.

Aytish kerakki, endi samarqandlik elektromobil egalari Samarqand shahar Rudakiy ko‘chasi 145-uy manzilida joylashgan “O‘zbekneftgaz” AJ “UNG Petro” korxonasiga qarashli AYOQSHda o‘rnatilgan qurilmadan uzluksiz foydalanishlari mumkin.

Toshkent va Samarqand shaharlarida elektromobillarni tezkor zaryadlash qurilmalari samarali ishlashi to‘liq ta’minlangan holda, kelgusida Respublikaning barcha hududlarida yo‘lga qo‘yiladi.