Tojikistonda Chevrolet avtomobillari sotuviga start berildi. Bu haqda “UZAUTO MOTORS” AJ rasmiy kanali xabar berdi.

Dushanbe shahrida ochilgan Chevrolet avtosalonidan siz ommabop avtomobil modellarni: Chevrolet Spark, Chevrolet Cobalt, Chevrolet Nexia va Chevrolet Lacetti avtomobillarini xarid qilish mumkin bo’ladi.

Avvalroq Spot, kompaniyaning Tojikistondagi rasmiy vakili haqida xabar bergan edi.

Unga ko’ra, LESINVEST kompaniyaning rasmiy distribyutori sifatida Tojikistonda Chevrolet segmentatsiyasidagi avtomobillarni sotish va xizmat koʻrsatish boʻyicha faoliyatni boshqarib boradi.

Iyun oyida esa, o’zaro muzokaralar jarayonida Tojikistonda Chevrolet avtomobillari sotuvga qo’yilishi haqida xabar berilgan edi.