Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Oʻzbekistonda koʻchmas mulk bozoridagi talab oʻzgarishlarini tahlil qildi.

Unga koʻra, 2021-yilning avgust oyida Oʻzbekistonda koʻchmas mulk oldi-sotdisi boʻyicha 21,8 ming dona shartnomalar rasmiylashtirildi. Bu iyul oyiga (18,1 ming) nisbatan 20,6% ga koʻpaydi. Shu bilan birga, 2020-yilning mos davriga (15,6 ming) nisbatan oʻsish 39,5% ni tashkil etdi.

Koʻchmas mulk oldi-sotdisining eng yuqori oʻsish surʼatlari Buxoro (37,4%), Qashqadaryo (33,1%), Andijon (31,5%) va Surxondaryo (25,9%) viloyatlarida qayd etildi.

Avgust oyidagi Respublika boʻyicha koʻchmas mulk savdolari 2019-yilning avgust oyiga nisbatan 30,8%ga oʻsgan boʻlsa, Toshkent shahrida ushbu koʻrsatkich 66%ni tashkil qildi.