Soliq kodeksiga o’zgartirishlar kiritildi. Eng asosiylari
Hududiy soliq stavkalari, daromad solig’i bo’yicha imtiyozlar va boshqalar haqida.
Moliya vazirligi oltin uchun ETF chiqishini eʼlon qildi. Bu nima degani
“Kapital bozori toʻgʻrisida” yangi qonun loyihasi ham ishlab chiqilmoqda.
IT mutaxassislar uchun yangi vakansiyalar ochildi
Hozirda DevOps engineer, IT headhunter, Middle/Senior QA engineer va boshqa mutaxassislar qidirilmoqda.
- Andijonda mikro gidroelektr stansiya ishga tushiriladi. Mazkur stansiyada har birining quvvati 30 kVt bo‘lgan 4 ta gidroagregatlar o‘rnatilgan bo‘lib, ular orqali yiliga 1 million 52 ming kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.
- “Uzcard” kompaniyasi firibgarlar haqida ogohlantiradi. Kompaniya uz-investt.space, invest-uz.space kabi saytlar firibgarlarning feyk saytlari ekanligi haqida aytib o’tdi.
- Samarqandda elektromobillarni tezkor zaryadlash qurilmasi o‘rnatildi. Bu Samarqand shahrida joylashgan 89-sonli “Samarqand-2” nomli AYOQSHda elektromobillarni tezkor zaryadlash qurilmasi bo’ldi.
- Tojikistonda Chevrolet avtomobillari sotuviga start berildi. Dushanbe shahrida ochilgan Chevrolet avtosalonidan siz ommabop avtomobil modellarni: Chevrolet Spark, Chevrolet Cobalt, Chevrolet Nexia va Chevrolet Lacetti avtomobillarini xarid qilish mumkin bo’ladi.
- Moskva metrosida oʻzbek va tojik tillaridagi yozuvlar paydo boʻldi. Hozircha faqat bitta bekatda.
- IT Park Xorazmlik yoshlar uchun inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarini ishga tushiradi. Dastur 2 oy davom etadi va mutlaqo bepul. Arizalar 15- sentyabrdan 28-sentyabrgacha qabul qilinadi.
- “Eduon.uz” yangi ta’lim loyihasini ishga tushirildi. Platformada Oʻzbekistonning eng yaxshi OTMlari, tashkilotlari va ekspertlarining kurslari, mutaxassisliklari, sertifikatlari va diplom dasturlari taqdim etiladi.
- Rossiya Oʻzbekistondan 10 ming migrantni soddalashtirilgan tartibda ishga jalb qiladi. Ishchilar tayyor holatda Rossiya mehnat bozoriga kirib boradigan bo‘ldi.
- Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga ortiqcha QQS summasi qoplab beriladi. Ortiqcha QQS summasi 7 kun ichida qoplab beriladi.
- UzAuto Motors “Chevrolet Onix” sotuvi bilan bog’liq xabarlarga izoh berdi. Xabarda ochiqlanishicha, bu rusumdagi avtomobil hali sotuvda mavjud emas va rasmiy xabarlar kompaniya saytida e’lon qilinadi.