Maxfiylik muammosidan qochish uchun kompaniya Apple serverlariga maʼlumotlarni yubormaydigan algoritmlarni ishlab chiqmoqda.

Buning uchun tadqiqotchilar harakat, jismoniy faollik, uyqu rejimlari va boshqa xatti-harakatlari haqidagi maʼlumotlardan foydalanadilar, deb yozadi The Wall Street Journal.

Bu tadqiqotdan maqsad nima

Apple Los-Anjelesdagi Kaliforniya universiteti bilan stress, xavotir va depressiyani oʻrganadi va yengil kognitiv buzilishlarni boʻyicha tadqiqot qiluvchi Biogen farmatsevtika kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi. Manbalarga koʻra, Apple va Kaliforniya universiteti loyihani “Seabreeze”, Biogen — “Pi” kod soʻzlari bilan atamoqda. Uchala tashkilot ham bu nimani anglatishini izoh berishdan bosh tortdi.

Ruhiy salomatlik va miya kasalliklarining toʻgʻri tashxisi odatda mutaxassislarning qattiq nazoratini talab qiladi, lekin koʻpchilikning bunday tibbiy gʻamxoʻrlikka imkoni yoʻq. Shu sababli, Apple bilan ishlaydigan tadqiqotchilar muqobil usullarni ishlab chiqishlariga umid qilmoqdalar, deb yozadi nashr.

Manbalarga koʻra, kompaniya rahbariyati yangi loyiha orqali depressiya va tashvishlarning keskin oʻsishiga qarshi kurashadi.

Agar hammasi muvaffaqiyatli boʻlsa, Apple butun dunyodagi oʻn millionlab odamlarga yordam berishi mumkin, lekin bu shaxsiy hayotga oid muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. WSJ tomonidan olingan hujjatlarga koʻra, bu muammolarni hal qilish uchun Apple serverlariga maʼlumotlarni yubormaydigan algoritmlarni yaratmoqchi.

Shuningdek, Apple Dyuk universiteti bilan birgalikda bolalarda autizm tashxisi boʻyicha tadqiqotlar olib bormoqda. Biroq kompaniya bu hamkorlik haqida hech qanday eʼlon yoki toʻliq maʼlumot bermoqchi emas.