Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining tahliliga koʻra, 1-yanvaridan 31-avgustigacha boʻlgan davrda tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlar hajmi 23,7% ga oshdi.

Berilgan kreditlar hajmining eng yuqori oʻsishi Navoiy (30,4%), Namangan (29,3%), Toshkent (28,3%), Buxoro (27,7%), Surxondaryo (29,3%) viloyatlarida, Toshkent shahri (33,5%) va Qoraqalpogʻiston Respublikasida (19,6%) kuzatilmoqda.

Bu davrda 67 016 ta yangi tadbirkorlik subyektlari tashkil etilib, ularning eng koʻpi Qashqadaryo (7 442), Samarqand (7 105), Fargʻona (6 010), Toshkent (5 645) viloyatlari va Toshkent (11 580) shahrida roʻyxatga olingan.

Tahlil etilayotgan davrda Oʻzbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasida tuzilgan bitimlar hajmi 59,3% ga oshdi. Birja faoliyatining sezilarli darajada oʻsishi Buxoro (88,6% ga), Toshkent (79,0% ga), Namangan (62,4% ga) viloyatlari va Toshkent shahrida (2,3 barobar) kuzatiladi.

Avvalroq Spot Qashqadaryoda soliq tushumlari hajmi boʻyicha sezilarli oʻsish qayd etilganligi haqida yozgan edi.