Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ekspertlari viloyat va tuman darajalarida tadbirkorlik faoliyati holatining oylik monitoringini oʻtkazadilar.

Joriy yilning 1-yanvaridan 31-avgustigacha boʻlgan davrda respublika soliq tushumlari hajmi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 30,8% ga oshdi. Shu bilan birga, Qashqadaryo (41,2%), Xorazm (39,2%), Navoiy (38,9%), Samarqand (36,2%), Toshkent (35,7%) viloyatlari va Toshkentda (39,1%) soliq tushumlarining sezilarli darajada oʻsishi qayd etildi.

Soliq tushumlarining oʻsishi ishbilarmonlik muhitining yaxshilanishi bilan bogʻliq, deya tahlilda izoh berilmoqda.

Tahlil qilingan davr uchun bojxona toʻlovlari boʻyicha tushumlar 47,5% ga oshdi. Daromadning eng yuqori oʻsishi Jizzax (5,0 barobar), Sirdaryo (2,8 barobar), Xorazm (2,1 barobar), Fargʻona (81,7%), Samarqand (84,8%) viloyatlari, Toshkent shahri (39,1%) va Qoraqalpogʻiston Respublikasida (38,8%) kuzatildi.


Davlat bojxona qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, tovarlar eksportining hajmi yil boshidan buyon oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 39,6%ga oshgan. Eksport tovar hajmlarining oʻsishi Andijon (64,2%), Samarqand (61,6%), Sirdaryo (56,3%), Jizzax (54,4%), Toshkent (48,2%) viloyatlari, Toshkent (47,5%) va Qoraqalpogʻiston Respublikasida (31,2%) kuzatildi.

Avvalroq Spot Soliq kodeksiga oʻzgartirishlar kiritilganligi va ularning eng asosiylari haqida yozgan edi.