Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 1-yanvar holatiga Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan yengil avtomobillar soni 2 767 126 tani tashkil etgan. Bu oʻtgan yil bilan solishtirganda bu 350 000 taga koʻpdir.

Yillar kesimida jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan yengil avtomobillar soni quyidagichani tashkil etadi:

  • 2016-yil — 1 974 182 ta
  • 2017-yil — 2 057 331 ta
  • 2018-yil — 2 133 507 ta
  • 2019-yil — 2 272 185 ta
  • 2020-yil — 2 410 421 ta
  • 2021-yil — 2 767 126 ta.

Avvalroq Spot chiplar taqchilligi tufayli dunyo avtosanoati $210 mlrd zarar koʻrishi mumkinligi haqida yozgan edi.