Jahon banki loyihasi doirasida olimlar uchun 200 ming va 600 ming AQSH dollarlik grant tanlovlari oʻtkaziladi.

Ilmiy tadqiqot sifatini oshirish dasturi ikki turdagi grantlarni taqdim etadi:

  1. yosh olimlar uchun ajratiladigan grantlar (Junior research grant)
  2. katta ilmiy xodimlar uchun ajratiladigan grantlar (Senior research grant).

Grantlar mos ravishda $200 000 va $600 000 ming dollari ekvivalentida, har bir tadqiqot guruhi uchun 24 oydan ortiq bo‘lmagan muddatga ajratiladi.

Qo‘shma xalqaro loyihalarga qo‘shimcha muddat berilishi mumkin. Dastur shuningdek, mamlakat talablariga javob beradigan xalqaro tadqiqot fondlariga ariza berish uchun zarur bo‘lgan dastlabki tadqiqotlarni ham o‘z ichiga olishi mumkin.

Tanlov qayta tiklanuvchi energiya, energiya samaradorligini oshirish, past uglerodli texnologiyalar, biotexnologiyalar, tibbiyot va sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat, sun’iy intellekt, AKT va boshqa ilmiy va texnologik rivojlanishga qaratilgan loyihalarni jalb qilish uchun amalga oshirilishi kutilmoqda.

Ilmiy tadqiqot sifatini oshirish dasturi doirasida taqdim etilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun tanlovni nufuzli olimlardan hamda venchur moliyalashtirish, tadbirkorlik va siyosat, ilm-fan, texnologiya va innovatsiya sohalaridagi tajribali mutaxassislardan tashkil topgan Xalqaro ekspertlar kengashi amalga oshiradi.

Loyihalar wbgrants.mininnovation.uz portalida ingliz tilida qabul qilinadi. Belgilangan talablar, dasturlar, jarayonlar arizalar qabul qilish boshlangan kundan ko‘rsatib o‘tilgan internet resursda e’lon qilinadi.