Yandex 2021-yil aprelida ilovada smart kamera ilovasini taqdim qilgan edi. Ayni paytga kelib dastur bir nechta funksiyalarga, xususan, kamera obyektiviga tushgan narsalarni qidirish, matnni tarjima qilish va hujjatlarni skanerlash imkoniyatiga ega boʻldi.

Mahsulot qidirish

Kamera nishonidagi mahsulot internetdan qidiriladi va u haqida batafsil tavsif beriladi. Shuningdek, mahsulot tarkibidagi yogʻlar, oqsillar va uglevodlar miqdorini, shakar va mikroelementlar, kaloriya tarkibi, ularni ishlatish uchun qancha vaqt suzish yoki yugurish kerakligini koʻrsatadi.

Kamera faqat oddiy mahsulotlar, mevalar va qadoqlanmagan narsalarni taniy oladi. Mahsulotlar aralashmasi, masalan, salat va ovqatlarni tanimaydi, deya izoh berdi kompaniya.


Avtomobillarni qidirish

Kamerani mashinaga yoʻnaltirganingizda, uning markasi, modeli va texnik xususiyatlari — quvvat, tezlik, yoqilgʻi sarfi koʻrsatiladi.


Tenglamalarni yechish

Kamera, shuningdek, chiziqli va kvadrat tenglamalarni yechish boʻyicha harakatlar tartibini taklif qiladi. Buning uchun foydalanuvchi “Yechimlar” rejimida topshiriqni rasmga olishi kerak. Kamera, shuningdek, ushbu turdagi masalalarni qanday hal qilishni batafsil tushuntirib beradigan oʻquv videolarini topishga yordam beradi.

Avvalroq Spot Yandex Tik-Tok analogini ishga tushirganligi haqida yozgan edi.