Oʻzbekistondagi AQSh elchixonasi barcha turdagi vizalarni taqdim etish xizmatini qayta tikladi.

Elchixona xabariga koʻra, barcha turdagi vizalar suhbat asosida taqdim qilinadi va viza olishni xohlaganlar onlayn tartibda roʻyxatga yozilishi kerak.

Cheklangan resurslar va suhbat oʻrinlari soni tufayli, kutish vaqti odatdagidan uzoqroq boʻlib, murojaatchilar shunga muvofiq reja qilishlari lozimligi aytib oʻtilgan.

“Ayni paytda biz birinchi navbatda Oʻzbekiston fuqarolari va rezidentlari arizalarini qabul qilmoqdamiz. Cheklangan istisnolardan tashqari turistik/tashrif vizasi boʻlgan norezidentlar Oʻzbekistonda AQSh vizasiga murojaat qila olmaydilar”, — deyilgan bayonotda.

Quyidagi holatlarda shoshilinch suhbatga murojaatlar qabul qilinishi mumkin:

  • F-1, F-2, M-1, M-2 (talabalar);
  • J-1, J-2 (almashuv dasturlari);
  • C1/D (tranzit/ekipaj aʼzolari);
  • H1B/H4 (maxsus soha ishchilari);
  • I (matbuot/jurnalistlar);
  • L1/L2 (kompaniyalararo koʻchish);
  • (noyob yutuq yoki qobiliyatga ega shaxslar);
  • P (sportchilar, rassomlar va kinochilar);
  • Norezidentlar: E, H1B, L, O, va P.

Shuningdek, agar shoshilinch masala va darhol sayohat qilish ehtiyoji boʻlsa, ConsularTashkent@state.gov elektron manzili orqali bogʻlanish koʻzda tutilgan.