Xalqaro rasmiylar Tolibon hukumatini chetlab o’tish va muhtoj afg’onlarga yordam berish uchun naqd pul tashishni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi Reuters nashri.

Naqd pul tashish rejasi tez tanazzulga uchrayotgan iqtisodiyot va naqd pulning taqchilligi ortidan yuzaga keldi. Ammo G’arb davlatlari bu reja evaziga Tolibon bilan murosa qilish mumkin yoki yo’qligiga shubha bilan qarashmoqda.

Qurg’oqchilik va siyosiy to’ntarish sharoitida gumanitar inqirozni bartaraf etishga qaratilgan favqulodda moliyalashtirish AQSh dollari kupyuralarida har bir muhtoj uchun $200 dan etib belgilanishi kutilmoqda. Bu albatta Toliblarning roziligi ammo, ularning ishtirokisiz o’tkazilishi mumkin.

Darhaqiqat, inqirozni to’xtatish uchun naqd pul bilan ta’minlash bilan bir qatorda, donor mamlakatlar ishtirokida maktablar va shifoxonalar ochiq holdagi “gumanitar-yordam” ishonch jamg’armasini tashkil qilmoqchi, deya fikr bildirdi ikki yuqori martabali amaldor.

Afg’onistonliklarning ko’pchiligi oziq -ovqat uchun to’lash uchun o’z mol -mulkini sotishni boshladilar. Jahon banki ma’lumotlariga ko’ra, AQSh boshchiligidagi kuchlar va ko’plab xalqaro donorlarning mamlakatdan ketishi davlat xarajatlarining 75 foizini moliyalashtiradigan grantlarni to’xtashiga olib keldi.

Ma’lumot uchun: Spot Amerika hukumati Afg’onistonga dollar yetkazib berishni to’xtatganligi va shuningdek, Vashington Afg’onistonga tegishli bo’lgan $9,5 trln miqdordagi hisob raqamlarni muzlatib qo’yganligi haqida xabar bergan edi.