Migratsiya agentligining xabar berishicha, Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi taqiqi boʻlgan 150 ming oʻzbekistonlik mehnat migranti uchun mamlakatga kirishga ruxsat berdi.
Rossiya migrantlar federatsiyasi rahbari Vadim Kojyenovning maʼlum qilishicha, yuqoridagi migrantlar toifasiga faqat Ichki ishlar vazirligi tomonidan taqiq qoʻyilgan fuqarolar kiradi. Sud qarori bilan taqiqqa tushgan fuqarolar uchun Rossiya chegarasi belgilangan muddatga qadar yopiq hisoblanadi.
Amnistiyaga tushgan fuqarolar joriy yil 18-avgust kuni maʼlumotlar bazasidan olib tashlangan. Shu bilan birga, fuqaro unga mamlakat hududiga kirishga ruxsat berilganiga ishonch hosil qilish uchun Ichki ishlar vazirligi saytidan maʼlumotlarni tekshirib koʻrishi maqsadga muvofiq ekani aytiladi.
Shuningdek, migratsion roʻyxatdan oʻtgan, lekin ruxsat beruvchi hujjatlarini joriy yil 30-sentyabrgacha uzaytirishga ulgurmagan mehnat migrantlari shu yilning 30-dekabrigacha hujjatlarini rasmiylashtirishi mumkin.
Avvalroq Spot Oʻzbekistonliklar Rossiya patentini olish uchun Toshkentda tibbiy koʻrikdan oʻtishi mumkiligi haqida yozgan edi.