Qator mamlakatlardagi Instagram foydalanuvchilari servis ishida yana nosozliklar yuz berayotganidan shikoyat qildi, deb maʼlum qildi Downdetector.

Ijtimoiy tarmoq ishida uzilishlar boʻlayotgani haqida AQSh, Kanada, Germaniya, Niderlandiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Fransiya, Rossiya va boshqa mamlakatlaridagi foydalanuvchilar maʼlum qilgan.

Qayd etilishicha, eng koʻp nosozlik ilovadan foydalanishda (55%) kuzatilgan. Shuningdek foydalanuvchilarning 22%i server bilan bogʻlanishda, yana shuncha qismi esa yangiliklar lentasi va veb-sayt faoliyatida muammoga duch kelgan.

Oktyabr oyining boshlarida ham Facebook, Instagram va WhatsApp faoliyatida uzilishlar kuzatilgan edi.