“Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ ning xabar berishicha, pandemiya davrida Rossiya davlatida qolib ketgan yurtdoshlarimizga mamlakatimizga kelishlari uchun “Voljskiy-Toshkent” yoʻnalishida 483-sonli yoʻlovchi poyezdining 4 ta maxsus reysi yoʻlga qoʻyiladi.

Mazkur poyezdlar 2021-yil 22, 25, 29-oktyabr hamda 1-noyabr kunlari soat 20:57 da “Voljskiy-Toshkent” yoʻnalishida harakatini amalga oshiradi.

Poyezdlarga faqat bir tomonga, yaʼni “Voljskiy-Toshkent” yoʻnalishiga chiptalar sotiladi. Chiptalarni elektron tarzda ham sotish yoʻlga qoʻyilgan.

Avvalroq Spot endilikda temir yoʻl chiptalarini QR-kod orqali taqdim qilish mumkin boʻlganligi haqida yozgan edi.