Davlat statistika qoʻmitasi 2021-yil 13-oktyabr kungi hududiy markaziy dehqon bozorlarida oʻtkazilgan kuzatuv natijalari boʻyicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini eʼlon qildi.

Unga koʻra, suyakli mol goʻshtining 1 kilogrammi narxi 45 000 — 68 000 soʻmni tashkil qildi. Shuningdek, boshqa asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxi quyidagicha:

  • qoʻy goʻshti (1 kilogramm) — 52 000−80 000 soʻm;
  • kartoshka (1 kilogramm) — 2500−6500 soʻm;
  • piyoz (1 kilogramm) — 1200−3500 soʻm;
  • sabzi (1 kilogramm) — 2000−9000 soʻm;
  • tuxum (10 dona) — 6000−14 000 soʻm;
  • guruch (1 kilogramm) — 5000−17 500 soʻm;
  • oʻsimlik yogʻi (1 litr) — 14 000−24 000 soʻm;
  • shakar (1 kilogramm) — 7500−9000 soʻm.

Narxlarni oʻrganishda dehqon bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlari inobatga olingan.

Avvalroq Spot isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga qaysi soha boʻyicha eng koʻp murojaat qilingani haqida yozgan edi.