Xitoy quyoshni kuzatadigan birinchi sun’iy yo‘ldoshini muvaffaqqiyatli uchirdi. Bu haqda Ecns.cn nashri xabar bermoqda.

Xitoyning birinchi quyosh kashfiyot sun’iy yo’ldoshi, 2021-yil 14 oktyabr, Xitoy shimolidagi Shansi provinsiyasidagi Taiyuan kosmodromidan uchib ketdi.

Bu mahalliy vaqt bilan soat 18:51 da amalga oshirildi.

Sun’iy yo’ldosh Xitoyning kosmosdagi birinchi quyosh teleskopi bilan jihozlangan va quyosh spektrining chuqur qizil H-Alfa chizig’ini kuzatadi. Bu olimlarga quyosh portlashlarini o’rganish imkonini beradi.

U Xitoyning “H-alfa” quyosh tadqiqotchisi yoki CHASE deb nomlanadi.